Ob-havosi huddi Toshkentni eslatadigan Portlandda bo'lgan vaqtimda kichik tadqiqot o'tkazdim. Quyida Oregon shtatida joylashgan Portland shahri haqida ba'zi faktlar:
# Portland shtati tanga tashlash orqali nomlangan. Agar tanganing boshqa tarafi tushganida u Boston deb nomlangan bo'lardi.
# Portland Qo'shma Shtatlarning eng toza va eng yashil shaharlaridan biri bo'lib, yashash va oila qurish uchun eng yaxshi shaharlaridan hisoblanadi.
# Portlandda unchalik uzoq bo'lmagan Maunt-Xud (so'ngan) vulqon bor.
# Shaharda ko'plab pivo zavodlari mavjud, shuning uchun ba'zan Portlandni "Pivo shahri" deb aytishganiga ajablanmadim. Va eng keng tarqalgan nom - "Atirgullar shahri", chunki Portland o'zining xalqaro atirgullar tadqiqoti bog'iga ega.
# Portland AQShning uchinchi xavfsiz shahri degan ma'lumot ham bor.
# Lekin, mana bu faktga nima deysiz? 2008-yilda Businessweek Portlandni "AQShning eng omadsiz shaharlari" ro'yxatida birinchi o'ringa qo'ydi. Ushbu xulosa ruhiy tushkunlik darajasi, o'z joniga qasd qilish va ajralishlar soni, jinoyatchilik va ishsizlik darajasi, ob-havo va boshqa narsalarni tahlil qilish orqali amalga oshirildi ...
# Portlandda AQShdagi boshqa shaharlardagiga qaraganda ko'proq tungi klublar mavjud.
# Kompyuter sichqonchasining ixtirochisi Portlandlik Duglas Engelbartdir.
# Portlandda ob-havoni litsenziyasiz o'zgartirish qonunga ziddir.
# Shuningdek Portland itingiz bilan pabga kirish mumkin bo'lgan noyob shaharlardan biri.
Ogromne podziękowania dla mojej przyjaciółki Magdalena Stoch za zrobienie zdjęcia! (Suratni olgani uchun do'stim Magdalena Stochga katta rahmat!)