Aslida har qanday janrdagi rasm (natyurmortdan diniy rasmgacha) — bu rassomning xayoloti va shaxsiy munosabati yordamida yaratilgan badiiy obrazdir. Rassomning dunyoqarashi va munosabati atrof-muhit, davr, davlat, jamiyat, oila, turmush tarzi va boshqalar taʼsirida shakllanadi. Buyuk rassomlarning sanʼati har doim avtoportret prizmasi orqali bir davrning portreti boʻlib, atrofdagi voqelikni va zamon ruhini oʻzi orqali oʻtkazadi. Rasmlar bizga tarixdan soʻzlaguvchi manbalar. XIX asrda fotosurat va keyinroq kinematografiya ixtiro qilinganidan keyin ham bu sanʼat turi oʻlmadi va oʻlmaydi. Biz soniyalarda tushayotgan fotosuratlar hech qachon rassomning moʻyqalamida chizilgan oddiy natyurmortchalik boʻla olmaydi. Bular nafaqat shaxsiy fikrlar, bular faktlar. Fikr bildirish insongagina xos ajoyib qobiliyat. Fikrlashning mavjudligi odamlar va hayvonlar oʻrtasidagi tub farqlardan biridir. Biz qilayotgan ishlarimizning kelajakdagi oqibatlari haqida mulohaza yurita olamiz. Biz, hayvonlardan farqli oʻlaroq, barchamiz oʻlishimizni bilamiz. Bu tur sifatida bizning eng muhim ustunligimiz, bu bizga cheksiz qoʻshimcha imkoniyatlar beradi va shu bilan birga u qaygʻu va qoʻrquvimiz manbai ham.

Теги: rassomlik san'at tarix

Теги других блогов: rassomlik san'at tarix